MyQassobKirish

Qassobxona qarz daftari — Telegram botda va saytda

Mijozlar qarzi, chek bilan to‘lovlar, eslatmalar va buyurtmalar. Botda nima yozsangiz, saytda ham shu — bitta Telegram hisobi bilan.

Bot va sayt — bitta hisob

Saytga Telegram orqali kirasiz, parol kerak emas. Botdagi barcha mijozlar, qarzlar va to‘lovlar saytda ham ko‘rinadi, saytda qilgan o‘zgarishingiz esa darhol botda paydo bo‘ladi. Mijozlaringiz ham o‘z qarzini botda yoki saytda ko‘radi.

Imkoniyatlar

  • Qarz daftari

    Har bir mijozning qarzi, to‘lovlari va tarixi bir joyda. Qarz yozilganda mijozga Telegram orqali xabar boradi.

  • Chek bilan to‘lov

    Mijoz kartangizga pul o‘tkazib, chek rasmini yuboradi. Siz tekshirib tasdiqlaysiz — summa eng eski qarzdan yopiladi.

  • Eslatmalar

    Qarzdorlarga bir tugma bilan eslatma yuboring (PRO tarifda).

  • Hisobotlar

    Oylik hisobot va mijoz ko‘chirmasi, PDF yoki Excel shaklida (START PLUS tarifdan).

  • Katalog va buyurtma

    Mahsulot va narxlarni joylang, mijozlar kg bilan buyurtma bersin, yetkazish manzili xaritada (BUSINESS).

  • Chat

    Mijozlar bilan yozishmalar bot va saytda bir xil ko‘rinadi.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Botda ro‘yxatdan o‘ting

    Qassobxona nomi, manzil va kartangizni kiriting. Admin tasdiqlagach, ishni boshlaysiz.

  2. 2

    Mijozlarni ulang

    Mijozni raqami bilan qo‘shing yoki taklif havolasini ulashing (BUSINESS tarifda QR kod ham bor) — mijoz botga kirib o‘zi ulanadi.

  3. 3

    Qarz yozing, to‘lov qabul qiling

    Botda yoki saytda qarz yozing. Mijoz chek yuboradi, siz bir tugma bilan tasdiqlaysiz.

Tariflar

Oylik narx. 3 oy −10% · 6 oy −15% · 1 yil −25% chegirma. To‘lov kartaga, chek bilan — admin tasdiqlaydi.

  • START

    Bepul

    • • 20 tagacha mijoz
    • • Qarz va to‘lovlar
    • • Chat
  • START PLUS

    29 000 so‘m / oy

    • • 100 tagacha mijoz
    • • Hisobotlar
  • PRO

    49 000 so‘m / oy

    • • Cheksiz mijoz
    • • Hisobotlar
    • • Qarz eslatmalari
  • BUSINESS

    129 000 so‘m / oy

    • • PRO imkoniyatlari
    • • QR kod
    • • Katalog va buyurtmalar

Boshlash uchun botni oching

Ro‘yxatdan o‘tish botda bo‘ladi. Keyin saytga ham shu Telegram hisobi bilan kirasiz.